Prezidentimiz ijtimoiy sohada muhim oʻzgarishlar roʻy berganini taʼkidladi.
Oʻtgan davrda 25 mingdan ziyod xususiy bogʻcha, 70 ga yaqin nodavlat oliygohi tashkil etilib, qamrov maktabgacha taʼlimda – 74 foizdan, oliy taʼlimda esa – 39 foizdan oshdi.
Ijtimoiy xizmatlar tizimida ham katta islohotlar boʻlmoqda. Barcha hududlarda “Inson markazlari” ochilib, ijtimoiy xodimlar tomonidan bevosita mahallalarda aholiga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.
Parijda boʻlib oʻtgan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida azmu shijoatli sportchilarimiz chinakam rekord natijalarni qayd etib, jami 39 ta medal, jumladan 18 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi.
“Oʻzbekiston tarixida ilgari hech qachon boʻlmagan bunday yutuqlar barchamizga yangi kuch-gʻayrat baxsh etishi tabiiydir”, — dedi davlatimiz rahbari.