Anjuman avvalida davlatimiz rahbarining “Yangi Oʻzbekiston” gazetasiga bergan intervyusini viloyat hokimi Ergash Soliyev oʻqib eshittirdi.
Mehnat faxriysi Quvondiq Abdurazzoqov, Islom Subhonqulov, viloyat shifokorlar assosatsiyasi rahbari Munavvar Sodiqov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi boshligʻi Mehriniso Abdurahmonova, Jizzax davlat pedagogika instituti magistranti Hakima Davlatova soʻzga chiqib, Prezidentimiz intervyusida bildirilgan fikr-mulohaza, taklif, tavsiya hamda vazifalar butun xalqimiz uchun oʻziga xos dasturulamal boʻlishini eʼtirof etishdi.
Tadbirda Prezidentimizning intervyusini har bir hudud, barcha mehnat jamoalarida keng koʻlamda, jiddiy oʻqib-oʻrganish maqsadga muvofiqligi taʼqidlandi.
Xudoyberdi KARIMOV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri