Prezident Shavkat Mirziyoyev yigʻilishda jahonning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari boʻlgan yaqin hamkorlarimiz va yangi sheriklarimiz ishtirok etayotganidan mamnunligini bildirdi.
Kengash oʻtgan davrda oʻzining samarali faoliyatini yaqqol namoyon etgani taʼkidlandi. Kengash aʼzolarining koʻmagi va alohida eʼtibori natijasida islohotlarimizga katta yordam beradigan ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Ular ilgari surayotgan gʻoya va tashabbuslar hayotimizning barcha jabhalarida faol tatbiq etayotganini taʼkidlab, Prezidentimiz investorlarga Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga qoʻshayotgan munosib hissasi uchun chuqur minnatdorlik izhor etdi.