Prezident ishga joylashishni hisob-kitob qilishdagi kamchiliklarni tanqid qildi

    Bu yilgi 231 ming oliygoh bitiruvchisidan 125 mingi ish topdi, deb hisobot berilayotgani bilan ishli boʻlganlarning 42 mingi oʻzini oʻzi band qilgani aniqlangan.

    Yigʻilishda oliygohlar tayyorlayotgan kadrlar bilan ish beruvchilarning talabi oʻrtasida farq katta ekani koʻrsatib oʻtildi.

    Misol uchun, yengil sanoatning oʻzida 4 ming nafar oliy toifali kadrlarga ehtiyoj bor.

    Bu yoʻnalishda yiliga oʻrtacha 2,5 ming talaba bitirgani bilan, ular korxonalardagi zamonaviy uskunalarda ishlashni bilmagani uchun 42 foizi ishga joylasha olmayapti. Oqibatda tadbirkorlar chetdan tayyor mutaxassis jalb qilishga majbur boʻlmoqda.

    Davlatimiz rahbari ishga joylashishni hisob-kitob qilishdagi kamchiliklarni tanqid qildi.

    Bu yilgi 231 ming oliygoh bitiruvchisidan 125 mingi ish topdi, deb hisobot berilayotgani bilan ishli boʻlganlarning 42 mingi oʻzini oʻzi band qilgani aniqlangan.

    Har bir talabani oliygohda oʻqitib, mutaxassis qilib tayyorlash uchun davlat yiliga 25-30 million soʻm sarflamoqda.

    Lekin, toʻrt yil oliygohda oʻqib, diplom olgan yoshlarning yarmidan koʻpi kam malaka talab etadigan ishlarda band.