— Joylardagi tuman, shahar hokimlari, sektorlar rahbarlarining dunyoqarashi oʻzgarmayapti. Yoshlar masalasi qanday muhim ekanini tushunmayapti. Yoshlarimizga yordam berib, yelkadosh boʻlishni xohlamayapti. Nega ayni shu mavzuda yil davomida 2 ta selektor oʻtkazdim? Chunki, men ishlarning borishidan mutlaqo noroziman. Joylarda saviya yoʻq. Yoshlar bizdan 10-20-martalab ilgarilab ketgan. Hozirgi zamonga munosib ish qilolmayapmiz. Birorta tashabbus yoʻq. Koʻp viloyatlar hokimlari bu (yoshlar bilan ishlash) paxta ekish, gʻalla ekishdek deb oʻylayapti.
Prezident ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha sust ishlanayotganini tanqid qildi.
“1+1” dasturi doirasida 100 ming nafar yoshlarni oʻqitib, keyin ularga imtiyozli kredit ajratish topshirigʻi berilgan, biroq 3 oyda faqat 21 ming yosh oʻqitilgan.
Yigʻilish davomida ayrim rahbarlarga qatʼiy ogohlantirish berildi.
Yoshlar bilan ishlashni munosib tashkil qilmagani uchun Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Begimqulov, Furqat tumani hokimi Soliyev va Ulugʻnor tumani hokimi Maxsudov, Shofirkon va Qamashi tumanlari prokurorlari, Xiva va Chust tumanlari ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari esa yoshlar jinoyatchiligining oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrmagani, Xoʻjayli va Angor tumani soliq idoralari rahbarlari esa yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygani uchun lavozimidan ozod etiladi, dedi davlat rahbari.
Prezident ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha sust ishlanayotganini tanqid qildi
Ayni vaqtda Prezident ishtirokida yoshlarning bandligi va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha videoselektor oʻtkazilmoqda.
V yozgi Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilariga
- Ijtimoiy himoya milliy agentligi loyihalari "AI4DOST Social Award 2026" mukofotiga sazovor böldi
- Özbekiston delegatsiyasi Paraosiyo öyinlarida umumjamoa hisobida 3-örinni egalladi va tarixiy natija qayd etdi
- “Keksalar uçun turizm oyligi” doirasida 50 foizlik çegirma joriy etiladi
- Fransiyada tartibsizliklar tufayli qariyb ming kişi hibsga olindi
- Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga maqsadli qabul kvotalari uchun imtihonlarga ruxsatnomalar e’lon qilindi
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Özbek alifbosidagi 4 ta harf özgardi: hujjatlarni almaştiriş şart emas
- Oʻzbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi
- Oʻzbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi.
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim