баннер
21 Mar 2025
14:25

    Prezident islohotlar natijadorligi nimaga bogʻliqligini aytdi

    Maktab direktorlari “Tarbiya” fani doirasida oʻgʻil-qizlarimizga halollik, birovni haqiga xiyonat qilmaslik kabi ezgu gʻoyalarni sodda tilda tushuntirib borishi kerakligi taʼkidlandi.

    «Islohotlarimiz natijadorligi avvalo, sadoqatli, fidoyi va korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodga bevosita bogʻliq. Bu ishda fikri toza yosh avlodni tarbiyalash ustuvor vazifaga aylanishi shart», — dedi Prezident.

    Shu maqsadda maktab direktorlari “Tarbiya” fani doirasida oʻgʻil-qizlarimizga halollik, birovni haqiga xiyonat qilmaslik kabi ezgu gʻoyalarni sodda tilda tushuntirib borishi kerakligi taʼkidlandi.

    Rektorlar esa talaba va yoshlarning korrupsiyaga qarshi loyihalari, startap va innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini yoʻlga qoʻyishi zarur.

    Umuman, “korrupsiya – kelajakka tahdid” degan gʻoya asosida Yangi Oʻzbekiston yoshlari qalbidan joy oladigan tizim yaratilsa, ayni muddao boʻlishi taʼkidlandi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech