Prezident jizzaxlik tadbirkorni “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan Jizzax shahridagi «Koʻk saroy Resident City» MCHJ direktori Shaymardanov Aziz Ilbatirovich “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi.

    Mukofot yaqinda Prezident tashrif buyurgan “Koʻk saroy” savdo majmuasida jamoatchilik ishtirokida Jizzax viloyat hokimi Ulugʻbek Mustafoyev tomonidan tantanali topshirildi.

    Farmonga koʻra, tadbirkor yirik zamonaviy savdo va xizmat koʻrsatish majmuasi faoliyatini yoʻlga qoʻyib, keng koʻlamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirgani hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun mukofotga loyiq koʻrilgan.