Kuz mavsumining “dolzarb 40 kunligida” 85 million dona daraxt koʻchatlari ekildi.
Koʻplab hudud va tarmoq rahbarlari, mahallalar, aholi, fermer-dehqonlar, umuman keng jamoatchilik jonbozlik koʻrsatib, katta ishlarni amalga oshirgan boʻlsa-da, ayrim hududlardagi ishlarda pala-partishlikka, sustkashlikka yoʻl qoʻyilgan.
Misol uchun, Izboskan, Ulugʻnor, Arnasoy, Paxtakor, Namangan, Uychi, Dehqonobod, Pastdargʻom, Oqoltin, Mirzaobod, Payariq, Boʻstonliq, Chinoz, Yangihayot, Yunusobod tumanlarida ishlar sust tashkil qilingan.
Yunusobodda kuz mavsumida 20 mingdan ziyod daraxt koʻchatlari ekish rejasi 43 foizga bajarilgan", dedi Prezident.
Ekologiya qoʻmitasining rahbariyatiga ishlarni yangi yondashuv asosida tashkil etishga topshiriq berildi.