Joriy yil boshida kuniga oʻrtacha 30-40 bemor aniqlangan boʻlsa, mart oyi oʻrtalaridan bu koʻrsatkich 160-180 nafarni tashkil etmoqda. Kasallikning oʻta ogʻir kechishi, hattoki oʻlim holatlari ham qayd etilmoqda. Buning sababi – karantin talablariga befarqlik.
Prezidentimiz Bosh vazirga viloyat hokimlari bilan birga koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha hududiy shtablar faoliyatini kuchaytirish boʻyicha topshiriq berdi.
Bunda tunu kun ishlaydigan “koll-markaz”lar va mobil brigadalar faoliyatini yoʻlga qoʻyiladi. Dori-darmon va himoya vositalarining kamida 3 oylik zaxirasi shakllantiriladi. Ilgʻor tajriba asosida davolash protokollari qayta koʻrib chiqilib, joylardagi 10 ming nafar shifokorni onlayn oʻqitiladi.
– Xavf yonimizda yuribdi. Buning oxiri koʻrinmayapti, eng yomoni, bu kasallik qoʻshni mamlakatlarda avj olyapti. Shu bois, kuchaytirilgan tartibga oʻtamiz. Lekin biron joyni yopmaymiz. Tajribamiz bor. Shundan foydalanib vaziyatdan chiqamiz, – dedi Prezidentimiz.