Amaldagi tartibga koʻra, oilaviy mehmon uylari turistlarni qabul qilishi boʻyicha kunlik meʼyor 10 nafardan oshmasligi belgilangan. Endi bu cheklov 2 karraga koʻpaytiriladi.

Prezidentimiz mahalliy mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari oʻrtasida tanlov oʻtkazishni taklif qildi.

Tanlovning mukofot jamgʻarmasi 1 million dollar boʻladi, sayyohlar eʼtiborini qozongan, nufuzli xalqaro platformalarda eng koʻp ijobiy eʼtirof olgan mehmonxonalar har yili taqdirlanadi.

Qaysi hududda infratuzilma yaxshi boʻlsa, oʻsha joy tadbirkorlarni oʻziga tortadi, servis gurkirab rivojlanadi.

Shu bois, infratuzilma olib borish orqali yirik turistik maskanlari koʻpaytiriladi. Chortoqning Qorabogʻ mahallasi, Fargʻonaning Chimyoni, Boysundagi Omonxona, Nuroboddagi Nurbuloq shaharchasida master-reja asosida “yil 12 oy” xizmat koʻrsatadigan 300-500 gektarli yirik kurort zonalari tashkil etiladi.

Bu loyihalar infratuzilmasi uchun 150 million dollar beriladi.