Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Prezident taʼlim muassalari agentligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova maʼlum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 15-aprelda tasdiqlangan 8-son bayoniga koʻra Prezident maktabiga 5-sinf kirish imtihonlari ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.Oʻqishga kira olmagan talabgorlar har bir viloyatda tashkil etilgan aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabga oʻqish istagini bildirgan taqdirda ariza topshiradi.

Kvota doirasida ballar ketma-ketligi asosida (24 nafari) imtihonsiz mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi. Belgilangan qabul kvotasidan ortiq talabgorlar bitta ixtisoslashtirilgan maktabga oʻqish istagini bildirsa, ustunlik yuqori ball toʻplagan talabgorga beriladi.