Maqolada Prezident maktablarining Oʻzbekiston taʼlim tizimini oʻzgartirish uchun cheksiz imkoniyatlari qayd etilgan. Unda Samarqand, Buxoro, Guliston va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari haqida soʻz yuritiladi. 

Oʻquvchilardan oʻzi oʻqiyotgan maktabni bir soʻz bilan taʼriflash soʻralganda “Yorqin kelajak eshiklarini ochuvchi kalit”, “Orzu” deya javob berishgan...

Maqolada Oʻzbekistonning buyuk tarixi, xususan, Temuriy hukmdor Mirzo Ulugʻbekning Samarqandni ilm-fan markaziga aylantirgani, oradan qariyb 600-yil oʻtib Oʻzbekistonning taraqqiyoti yoʻlida yana ana shunday ulkan ishlar amalga oshirilayotgani haqida soʻz yuritilgan.