Ayjamal oʻqishga qiziqishi juda yuqori boʻlsa-da, oilada katta farzand ekanligi, ukasiga qarab, yolgʻiz onasiga yordam berishi lozimligi va onasi uni maktab-internatga yubormasligini bilar edi. Lekin u bilimini sinab koʻrish uchun onasidan ruxsat oldi. Onasi Ayjamalga imtihonlarda savollarning bir nechtasini ataylab xato ishlash sharti bilan ruxsat berdi. Shunga qaramay, u tengdoshlari orasida ikkinchi oʻrinda oʻqishga qabul qilindi...
Ammo oilaviy sharoit sabab onasi Nukusga yuborishni istamayotgani haqidagi xabar jamoatchilikning keng muhokamasiga sabab boʻldi.
“Ayjamalning voqeasini eshitishim bilanoq, u kabi iqtidorlilar albatta Prezident maktabida oʻqishi kerak, uning onasini koʻndirishimiz lozim, degan fikr xayolimdan oʻtdi”, — deb yozadi Prezident taʼlim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova oʻzining telegram kanalida. "Oʻsha kunlari oʻzim Samarqand, Navoiy va Andijon viloyatlaridagi maktablarning ochilish tadbirlarida ishtirok etishim rejalashtirilganligi sababli, Qoraqalpogʻistonga xizmat safariga yuborilayotgan Agentlik xodimlariga topshiriq berdim...
Natija biz kutganimizdek — ijobiy!
Oʻquvchimizning oʻqishiga, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilayman. Umid qilamanki, u mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan, yurtimizga munosib farzand boʻlib yetishadi. Omad yor boʻlsin, Ayjamal!".