Imtihonlar Cambridge Assessmant International Education akkreditatsiyasidan oʻtgan 4 ta - Nukus, Namangan, Xiva va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablarida boʻlib oʻtmoqda. Jarayonlar Agentlik masʼullari nazoratida tashkil etilgan.
Xalqaro A Level mock imtihonlarini tashkil etishdan asosiy maqsad:
oʻquvchilarni may-iyun oyida boʻlib oʻtadigan A Level imtihonlariga tayyorlash hamda ularning xalqaro taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish boʻyicha sifat koʻrsatkichini sinovdan oʻtkazish hisoblanadi.
Imtihonlar chuqurlashtirib oʻqitiladigan tanlov fanlari — kompyuter taʼlimi, biologiya, matematika, fizika va kimyo fanlaridan boʻlib oʻtmoqda.
Maʼlumot uchun: A Level sertifikati xalqaro oliy taʼlim muassasalari tomonidan tan olingan oliy standart sertifikat hisoblanadi. U xalqaro koʻlamda taʼlim olish uchun keng imkoniyatlarga yoʻl ochadi, deyish mumkin.
A Level sertifikatiga ega boʻlgan oʻquvchilar 76 mamlakatdagi universitetlarga hujjat topshirish imkoniyatiga ega boʻladi. Yaʼni butun dunyoda 1000 dan ortiq universitet mazkur sertifikatni tan oladi. Bu, butun Britaniyadagi barcha va AQSHdagi 700 ta universitetga hujjat topshirish imkoniyati degani.