Prezident maktablariga kirish imtihonlari 7-iyuldan boshlanadi

    Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi.

    Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.

    Imtihon vaqti va manzili haqidagi maʼlumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali maʼlum qilinadi.

    Prezident maktablariga kirish imtihonlari birinchi bosqichi Matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida) oʻtkaziladi.

    Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

    Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtishi maʼlum qilindi.