Prezident maktablarining 1-bosqich saralash imtihon natijalari eʼlon qilindi

    Joriy yilning 1-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari eʼlon qilindi.

    Imtihon natijalarini portal.piima.uz saytining "Qabul 2022" bo‘limi "Natijalar" oynasining "Prezident maktablari natijalari" bo‘limidan ID raqamingizni kiritish orqali aniqlashingiz mumkin.

    Asosiy imtihonlar avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yakuniy bosqichga saralash bosqich imtihonida qatnashgan nomzoddan 6720 nafari, yaʼni qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 20 kishi hisobidan talabgorlar yo‘llanma oladi.

    Shuningdek saralash natijalarni mana bu yerda ham tekshirishingiz mumkin.