Prezident maktablarining imtihon kunlari maʼlum qilindi

    1-iyuldan boshlab Prezident maktablari imtihonlarning birinchi bosqichi boshlanadi. Bu haqda Prezident taʼlim muassasalari agentligi xabar berdi.

    Test jarayonlari 1-iyul kuni soat 9:00 da boshlanadi. Imtihonlar ikki smenada - 09:00 va 16:00 da boʻlib oʻtadi.

    Eslatib oʻtamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelish talab etiladi.

    Imtihon joyi va boshqa zaruriy maʼlumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olish lozim.

    Talabgorlar tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

    Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.