Prezident: “Men shifokor egnidagi oq libosni nafaqat kasb belgisi, balki Vatanga cheksiz sadoqat ramzi deb bilaman”
Siyosat
10 noy 2025, 16:22
306
Uchrashuvda soha vakillari bilan muloqot boʻlib oʻtdi. Davlatimiz rahbari ularning takliflari, fikr-mulohazalarini tingladi.
«Men shifokor egnidagi oq libosni nafaqat kasb belgisi, balki Vatanga cheksiz sadoqat ramzi deb bilaman.
Bundan buyon ham shifokorning, har bir tibbiyot xodimining obroʻsini himoya qilish, unga har tomonlama munosib sharoit yaratish eʼtiborimiz markazida boʻladi.
Ishonchim komil, biz birgalikda Yangi Oʻzbekistonni boshqa sohalar qatorida tibbiyoti ham rivojlangan davlatga aylantiramiz.
Barchangizga shu yoʻlda sihat-salomatlik, kuch-gʻayrat, gʻoyat masʼuliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan yutuqlar, oilaviy baxt-saodat tilayman», – dedi Prezidentimiz uchrashuv yakunida.