Oʻz gʻalabalari bilan ushbu tarixiy natijaga hissa qoʻshgan yengil atletikachilarimiz Nurxon Qurbonova va Tolibboy Yoʻldoshev bilan bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev telefon orqali suhbatlashdi va ularni dildan tabrikladi.
- Tinimsiz kuzatib boraman faoliyatingni. Olimpiya shaharchamizda qurilishni boshlaganimizda “Paralimpiadadan oltin bilan kelaman”, degan yoqimli soʻzlaring esimda. Bu nimadan dalolat? Tinimsiz harakat, irodali intilishlaring bilan tobora oʻsib borayapsan. Bergan vaʼdangni ortigʻi bilan bajarding, - deya davlatimiz rahbari bir yoʻla jahon rekordini oʻrnatgan va uni yana yangilagan Nurxon Qurbonovani tabrikladi.
- Bir necha kun oldin yadro uloqtirish boʻyicha bronza medalini olgan eding. Ikki sport turi boʻyicha ikkita yuksak natija - bu chinakam jasorat. Bu yutuqlar mashaqqatli mehnatlaring, tinimsiz mashqlaring, toʻplagan boy mahorating mevasidir,
- dedi Prezidentimiz Tolibboy Yoʻldoshev bilan suhbatda.
Chempion paralimpiyachilarimiz bu yutuqlar oʻz-oʻzidan boʻlmagani, davlatimiz rahbarining paralimpiya harakatiga qaratayotgan eʼtibori va ishonchi tufayli erishilayotganini taʼkidlab, oʻz nomidan, murabbiylari va ota-onasi nomidan minnatdorlik bildirdi.