Dzyudochi Sherzod Namozov finalda raqibini magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritgan edi. Bu hamyurtimizning Paralimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi chempionligi boʻldi.
Yengil atletika boʻyicha yadro uloqtirish bahslarida Husniddin Norbekov 16.82 metr natija qayd etib, birinchi oʻrinni egalladi. Shu tariqa, u uchinchi bor Paralimpiya oʻyinlari gʻolibi boʻlgan ilk oʻzbekistonlik sportchiga aylandi.
Davlatimiz rahbari suhbatda ularning irodali kurashlarini hayajon bilan kuzatganini, Vatanimizga navbatdagi oltin medallarni keltirganidan xursandligini taʼkidladi. Xalqimiz nomidan sportchilarni samimiy qutlab, ularning murabbiylari va ota-onasiga tashakkur aytdi.
Chempionlar yuksak eʼtibor va doimiy qoʻllov uchun minnatdorlik bildirdi.