Prezident pedagoglar ilgari surgan tashabbuslarni chuqur oʻrganib, amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi

    Hukumat 30 Sentabr 2024 403

    Soʻng yurtimizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan maktab oʻqituvchilari va direktorlari oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar, taklif va tashabbuslarini aytdilar.

    Yurtimiz maktab taʼlimi tizimida boʻlayotgan ijobiy oʻzgarishlar, oʻqituvchilik kasbi nufuzi va maqomini yanada yuksaltirish, ustoz va murabbiylarning mehnatini munosib ragʻbatlantirish boʻyicha qilinayotgan keng koʻlamli ishlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdilar.

    Prezident pedagoglar ilgari surgan tashabbuslarni chuqur oʻrganib, amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

    «Yana bir bor takrorlayman: najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Hammamiz koʻrib turibmiz: bugungi shiddatli zamon oldimizga qanday ogʻir va murakkab vazifalarni qoʻymoqda.
    Ularni hal etish va ezgu maqsadlarimizga yetish uchun xalqimiz, avvalo, yoshlarimizni ilm-fan va taraqqiyot yutuqlari bilan qurollantirishimiz shart.
    Bu yoʻlda men birinchi navbatda sizlarga ishonaman, sizlarning katta bilim va tajribangiz, pedagogik mahoratingizga, noyob insoniy fazilatlaringizga tayanaman», — dedi Prezident soʻzining yakunida.