Prezident qarori asosida Nukus DPI huzurida matematikaga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi

    Ta'lim 9 Yanvar 2021 5863

    2020-2021 oʻquv yilidan boshlab Amudaryo akademik litseyi negizida Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi.

    Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratish, yoshlarning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirish maqsadida 2020-yil 3-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi.

    Qaror asosida, 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab Amudaryo akademik litseyi negizida Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi.

    Matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktabga bu yilgi oʻquv yilida matematika, fizika va ingliz tili fanlari boʻyicha umumtaʼlim maktablarining 7-, 8- va 9-sinf oʻquvchilari qabul qilinadi. Oʻquvchilar yotoqxona va tushlik ovqat bilan taʼminlanadi.

    Hozirgi vaqtda ixtisoslashtirilgan maktabga oʻquvchilarni qabul qilish davom etmoqda.