Jami 17,4 mlrd soʻm manzilli va shaffof mexanizm asosida bevosita fuqarolarga yoʻnaltirildi.

Jumladan:

• 8 160 ta davlat taʼminotidagi oilalarga;

• 509 ta yetim bolalar yashayotgan oilalarga;

• 1 001 ta yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga — 1 mln soʻmdan;

• 13 816 ta kam taʼminlangan oilalarga — 500 ming soʻmdan yordam koʻrsatildi;

• 1 615 dan ortiq muhtoj oila qoʻshimcha roʻyxatga olindi.

Bu yil ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash yangi bosqichga chiqdi. Yordam ijtimoiy reyestr asosida aniqlanib, mablagʻlar toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolarga yetkazildi. Natijada oilalar oʻz ehtiyojlarini mustaqil hal qilish imkoniyatiga ega boʻldi.

Bu — ijtimoiy himoyaning yangi, institutsionallashtirilgan modeli samarasidir. Endi yordam tasodifiy emas, balki aniq mezonlar va raqamli mexanizmlar asosida manzilli tarzda amalga oshirilmoqda.

Ramazon oyi dasturi doirasida yana bir muhim yoʻnalish — sogʻliqni tiklash ishlari ham amalga oshirildi.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar uchun davolanish va jarrohlik amaliyotlari tashkil etildi:

  • 96 nafarga vaucher berildi;
  • 94 bemor shifoxonaga joylashtirildi;
  • 19 nafar fuqaro sogʻayib chiqdi.

Bu nafaqat bemorning sogʻligʻini tiklash, balki butun oila uchun yengillik, barqarorlik va ertangi kunga ishonch demakdir.