Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi.

«Bugun sizlar bilan jahonda keskin geosiyosiy oʻzgarishlar boʻlayotgan, davlatlarning suverenitetiga xavf-xatarlar tobora kuchayib borayotgan murakkab paytda uchrashib turibmiz.
Bunday sharoitda tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimizni tanqidiy muhokama qilib, Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar faoliyatini yangicha tashkil qilish kerakligini davrning oʻzi taqozo etmoqda», – dedi Prezidentimiz soʻzining avvalida.