Toʻrt yil avval bu boradagi ishlar boshlanganida 7,5 million yoki 23 foiz aholining daromadi kambagʻallik chegarasiga yetmas edi.
Shu davrda aholimiz 3,7 millionga koʻpaydi, kambagʻallik chegarasi ham tegishli ravishda 1,5 karra oshirildi.
Bunga qaramasdan, 3,5 million odamni daromadli qilish hisobiga 2023-yil yakuni bilan kambagʻallikni 11 foizga pasaytirishga erishildi.
Avvalo, ijtimoiy himoya qamrovi 4,5 karra oshirilib (466 ming oiladan 2,2 millionga), oʻtgan yili bu maqsadlarga 12,3 trillion soʻm ajratildi. Pensiya va nafaqalar miqdori ham 1,5 baravar koʻpaytirildi.