— Qoraqalpogʻistonning 2 millionlik aholisini qanday qilib rozi qilish bizni oʻylantiradi. Birinchi marta respublika rahbarlari 1 hafta davomida Qoraqalpogʻistonda boʻladi. Men ham qarshi boʻlmasangiz, 3 kun boʻlaman bu yerda.

Nega shimoliy tumanlarga viloyat rahbarlarini biriktirdim? Avvalambor, “mehr koʻzda” deydi. Birgalashib Orolboʻyining muammolarini koʻrishimiz va hal qilishimiz kerak. Toʻgʻri, hamma narsani bugun qilolmaymiz. Bittada hammasi “yest” qiladigan davlatning oʻzi yoʻq. Lekin reja tuzib eng ogʻir joydan tiklash va rivojlantirishni boshlaymiz.

Bu aeroport ham faqat rasmga tushish uchun aeroport boʻlmasligi kerak. Manfaat olib kelishi, odamlarning ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qilishi kerak. Hozircha Toshkent-Moʻynoq-Nukus reysi haftada bir marta boʻladi. Agar sizlarda reysni koʻpaytirish, vaqtini belgilash boʻyicha talablar boʻlsa, istaganingizdek qilinadi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.