Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, “Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti saylovi toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq, saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Fuqaro muddatidan oldin ovoz berish uchun saylovchi sababini koʻrsatgan holda tegishli saylov uchastkasiga ariza bilan murojaat qiladi.

Toʻldirilgan saylov byulleteni esa qoidaga muvofiq, yopiq konvertda, uchastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi.