Qoraqalpogʻistonda yurtimizning barcha hududlaridan 300 ga yaqin tadbirkor va investorlar toʻplandi. Shuningdek, muloqotda xorijda biznesini yoʻlga qoʻygan yana 40 dan ziyod vatandoshlarimiz ishtirok etadi. Hududiy studiyalardan 3 mingga yaqin biznes vakillari qatnashadi.

Davlatimiz rahbari tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish boʻyicha muhim yangi tashabbuslarni ilgari surishi kutilmoqda.