“Turli ziddiyatlar tufayli logistika va mahsulot yetkazib berish zanjirining uzilgani, hamkor mamlakatlar valyutasining qadrsizlangani, global miqyosdagi yuqori inflyatsiya oqibatida moliyaviy resurslarning qimmatlashgani kabi omillar taʼsirini tadbirkorlarimiz juda yaxshi bilishadi.
Tan olish kerak, bundan buyon ham oson boʻlmaydi. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklardan toʻgʻri saboq chiqarib, faqat oldinga intilsak, bizning mehnatkash xalqimiz, ishbilarmon tadbirkorlarimiz har qanday mashaqqatni albatta yengib oʻtadi, men bunga ishonaman”, - dedi davlatimiz rahbari nutqining avvalida.
Bunday murakkab sharoitda muammolarni bevosita biznes vakillarining oʻzidan eshitib, ularga birgalikda yechim topish va bu orqali tezkorlik bilan qaror qabul qilish eng toʻgʻri yoʻl ekanligi qayd etildi.