Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni Samarqand shahriga keldi.
Bugun davlatimiz rahbari Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv oʻtkazadi.
Kunning ikkinchi yarmida turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tashrif bilan mamlakatimizga keladi. Yetakchilar muzokaralar oʻtkazishi va qator tadbirlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.









