Prezident: Soʻnggi toʻqqiz yilda biz sizlar bilan katta taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdik
Siyosat
26 dek 2025, 11:16
66
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va koʻp millatli xalqimizga Murojaatnomasi boshlandi.
«Soʻnggi toʻqqiz yilda biz sizlar bilan, el-yurtimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdik.
Iqtisodiyotimiz yangidan shakllandi, bozor munosabatlari, ijtimoiy himoyani kengaytirdik, qonun ustuvorligini mustahkamladik.
Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson kundalik hayotida his qilmoqda.
Bir soʻz bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni oʻrgandik.
Buning tasdigʻini tobora yangicha qiyofa kasb etib borayotgan shahar va qishloqlarimizda, zamonaviy korxonalar, savdo-servis maskanlari, maktab, bogʻcha va shifoxonalar, obod koʻcha va mahallalar, transport-logistika tizimi, raqamli xizmatlar misolida yaqqol koʻrish mumkin», – dedi davlatimiz rahbari soʻzining avvalida.