Ikkinchi kungi bahslar ham anchayin qiziqarli va murosasiz bahslarga boy boʻldi. Bugun erkaklar 60, 66, 73 kg., ayollar esa +70 kg. va mutlaq vazn toifasida gʻolib polvonlar aniqlanadi.

Musobaqa yakunlariga koʻra natijalar quyidagicha:

- 60 kg.

1. Muhammadrizo Quvvatov (Tojikiston);

2. Abdullaziz Xamroyev (Oʻzbekiston);

3. Akobir Qurbonov (Oʻzbekiston);

3. Kanat Seilkxan (Qozogʻiston).

- 66 kg.

1. Qobuljon Axmedov (Oʻzbekiston);

2. Atabek Amirali (Qozogʻiston);

3. Ruslan Boʻriyev (Oʻzbekiston);

3. Muhammad Yusuf Shuayib (Agʻfoniston).

-73 kg.

1. Sabir Saparbayev (Qozogʻiston);

2. Umidjon Abdullayev (Oʻzbekiston);

3. Oʻrol Sodiqov (Oʻzbekiston);

3. Ilsohzoda Husini (Tojikiston).

+70 kg.

1. Poxizaxon Kamoliddinova (Oʻzbekiston);

2. Azman Amayeva (Qozogʻiston);

3. Filura Ergasheva (Oʻzbekiston);

3. Gusevo Vladleno (Rossiya).

Shuningdek, musobaqaning mutlaq vazn toifasida ham polvonlar aniqlandi.

1. Muhsin Xisomiddinov (Oʻzbekiston);

2. Dadaxon Qurbonaliyev (Tojikiston);

3. Yaxyo Imomov (Oʻzbekiston);

3. Neʼmatullo Asrankulov (Tojikiston).

Maʼlumot uchun aytib oʻtmoqchimiz, 1993-yildan beri har ikki yilda oʻtkazib kelinayotgan mazkur turnirda koʻplab nomdor polvonlar ishtirok etishgan. 15-bor tashkil etilgan anʼanaviy xalqaro turnirda erkaklar -60, -66, -73, -81, -90 kg hamda mutlaq, ayollar esa -48, -57, -63, -70, +70 kg. vazn toifalarida oʻzaro bellashdi.

Al-Hakim At-Termiziy xalqaro turnirining umumiy mukofot jamgʻarmasi 100 ming AQSH dollarini tashkil etib, har bir vazn toifasida gʻoliblarga 3 000, 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan sportchilarga 2 000 hamda ikkita 3-oʻrin sohiblariga 1 000 AQSH dollari miqdorida pul mukofotlari topshirildi.

Mutlaq vaznda gʻolib boʻlgan polvonimiz Muhsin Xisomiddinov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini – 10 000 AQSH dollariga sazovor boʻldi. 2-oʻrin sohibi tojikistonlik Dadaxon Qurbonaliyev 5 000 dollar, ikkita 3-oʻrin sohiblari Yaxyo Imomov (Oʻzbekiston) va Neʼmatullo Asrankulov (Tojikiston)lar 3 500 dollardan, jami 22 000 dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, mutlaq vazn toifasida chorak finalda magʻlubiyatga uchragan 4 nafar kurashchining har biriga 2 000 dollardan jami 8 000 dollar pul mukofotlari topshirildi.