Viloyatda “Xavfsiz xonadon” va “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida mahallalarni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish boʻyicha yangicha yondashuv shakllantirildi. Bu haqda muxbirimiz xabar qildi.
Oʻtgan davr mobaynida viloyatdagi 721 ta mahalladan 578 tasida yoki 80 foizida bironta ham jinoyat sodir etilmagan. Lekin, 106 tasida jinoyatlar soni oshgan.
Yanvar-aprel oylarida 698 ta jinoyat sodir etilgan, ularning qariyb 30 foizini oʻgʻrilik
va firibgarlik jinoyatlari tashkil etgan.
27-30-may kunlari huquq-tartibot idoralari vakillaridan iborat “Maxsus tezkor guruhlar” tomonidan viloyat mahallalaridagi ijtimoiy, kriminogen vaziyat va diniy muhit oʻrganilib, bu yoʻnalishlarda hal etish zarur boʻlgan koʻplab muammolar aniqlangan.
“Surxondaryoni jinoyatdan holi hududga aylantirish boʻyicha sharoit bor. Buni Respublikaga namuna qilib tarqatish boʻyicha choralarni koʻrishimiz kerak”, - dedi Prezident.