Tuman hokimligi axborot xizmati xabariga koʻra, Prezident tomonidan tuman ahlisiga yordam tariqasida yoʻllangan 10 ta katta hajmli yuk mashinalaridan iborat “Saxovat va koʻmak” karvoni Soʻxga yetib keldi.
Keltirilgan turli xildagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjalik mahsulotlari tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlari orqali aholiga yordam sifatida tarqatiladi.