Unga ko'ra:

a) 2020 yil 1 iyuldan 2020 yil 31 dekabrga qadar:

umumiy ovqatlanish korxonalari va binolarni ijaraga berishga ixtisoslashgan korxonalar aylanmadan olinadigan soliqni to'lashdan ozod etiladi;

jismoniy shaxslar ko'chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar bo'yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i to'lashdan ozod etiladi;

mol-mulkini (binolar va avtomobil` transporti) ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga soliq maqsadida ijara to'lovlarining eng kam stavkalarini qo'llash tartibi to'xtatib turiladi;

ijaraga beruvchilarga 2020 yil uchun ijara to'lovi miqdorini pasaytirish maqsadida, shu jumladan taqdim etilayotgan soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda ijara to'lovini qayta ko'rib chiqish tavsiya etilsin;

b) 2020 yil 1 apreldan 2020 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari alkogol` mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig'imni to'lashdan ozod qilinadi;

v) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil
19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF–5969-son Farmonida belgilangan alkogol` mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug'ullanuvchi korxonalarning ajratmalari miqdorini 5 foizdan 3 foizga pasaytirishga doir imtiyoz muddati 2020 yil 31 dekabrga qadar uzaytiriladi;

g)  umumiy ovqatlanish korxonalariga alkogol` mahsulotlarini etkazib berish orqali sotish huquqi beriladi.