«Har bir kon — bu Xudoning bizga bergan marhamati, neʼmati, imkoniyati. Bu imkoniyatdan foydalanganda Xudodan qoʻrqib, bandasidan uyalib, pok boʻlib ish olib borilsa, ilm va innovatsiya birlashtirilsa, natija kutilganidan ham ziyod boʻladi. Bu majmua salohiyati koʻzlanganidan 2-3 baravar koʻproq. AQSH, Kanada, Rossiyadan hamkorlar kelyapti bizga. Ular potensialni yuqori baholayapti, ishonyapti. Hamkorlar bilan innovatsion texnologiya boʻyicha ish olib borishimiz zarur.

Menga fevral oyida taqdimot qilasizlar (mutasaddilarga qarata). Kafolatlangan xomashyo kerak bu majmuaga. Xudo xohlasa, 2022-yil 1-mart kuni majmua toʻliq rejimga oʻtadi. Har bir kun gʻanimat. Biz xalq manfaati uchun har bir kunni gʻanimat bilib, ishlashimiz, tezroq toʻliq quvvat ish rejimiga oʻtishimiz kerak», – dedi Shavkat Mirziyoyev.