Hamkorlikni yanada kengaytirish va Yaponiyaning eng ilgʻor texnologiyalarini qoʻllagan holda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
“JOGMEC” “ITOCHU Corporation” bilan birgalikda Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi uran konlarini oʻzlashtirishda ishtirok etayotgani yuqori baholandi. Kompaniyalarning mamlakatimiz hududlaridagi istiqbolli konlardan qimmatbaho metallarni qazib olish rejalari koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston va “ITOCHU” korporatsiyasi mashinasozlik, geologiya va infratuzilma sohalarida koʻp yillik hamkorlik tajribasiga ega. Yaponiyaga oʻta muhim minerallarni eksport qilish boʻyicha uzoq muddatli kelishuvlarga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Suvni tozalash, avtomobilsozlik, havo harakatini boshqarish tizimini modernizatsiya qilish hamda ijtimoiy sohada davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish kabi hamkorlikning yangi yoʻnalishlariga alohida eʼtibor qaratildi.










