Bu hali kamligi qayd etilib, 9 ta davlat banki 3 ta venchur kompaniya ochib, 50 million dollarlik fond shakllantirgani biznesni boshlayotgan tadbirkorlar uchun juda katta imkoniyat ekani taʼkidlandi.
«Eng muhimi, bunday loyihalar iqtisodiyotga yangi yoʻnalish, texnologiya, innovatsiya va yuqori qoʻshilgan qiymat olib kiradi.
Startap orqali yaratilgan yuqori samarali innovatsion mahsulot yoki xizmatlar texnik reglament va standartlarga kiritiladi. Bu ularga davlat buyurtmasi uchun yoʻl ochadi«, — dedi Prezident.
Davlatimiz rahbari venchur fondlar mablagʻining bir qismini sunʼiy intellekt loyihalariga yoʻnaltirish taklifini qoʻllab-quvvatladi.