Maʼlum qilinishicha, murojaat yo‘llagan fuqarolarning asosiy qismi 31–45 yosh toifasiga to‘g‘ri kelgan — 81 ming 764 nafar. Shuningdek, 18–31 yosh oralig‘idagi 40 ming 2 nafar, 45–55 yoshdagi 27 ming 222 nafar, 55–60 yoshdagi 10 ming 341 nafar va 60–75 yoshdagi 16 ming 578 nafar fuqaro murojaat qilgan.
18 yoshgacha bo‘lganlar soni 393 nafarni, 75–100 yosh oralig‘idagilar esa 1 ming 937 nafarni tashkil etgan.
Eng dolzarb masalalar qaysilar?
Qayd etilishicha, murojaatlarning asosiy qismi quyidagi masalalarga to‘g‘ri kelgan:
- bolalar nafaqasi;
- aliment undirish;
- bir martalik moddiy yordam;
- surishtiruv va tergov jarayonlari;
- huquqbuzarliklar;
- ijro hujjatlari bo‘yicha qarz undirish;
- xotin-qizlarga moddiy yordam;
- ish bilan taʼminlash;
- davolanish va jarrohlik amaliyoti uchun ko‘mak;
- kommunal xizmatlar;
- elektr va gaz taʼminoti;
- kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish.
Eng ko‘p murojaat qaysi idoralarga tegishli?
2026 yilning 1-choragida eng ko‘p murojaat quyidagi vazirlik va idoralar vakolatiga oid bo‘lgan:
- Ijtimoiy himoya milliy agentligi — 26 077 ta;
- Majburiy ijro byurosi — 24 889 ta;
- Ichki ishlar vazirligi — 22 623 ta;
- Energetika vazirligi — 17 791 ta;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi — 12 699 ta;
- Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi — 12 152 ta;
- Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi — 11 444 ta;
- O‘zbekiston mahallalari uyushmasi — 10 546 ta;
- Bosh prokuratura — 9 462 ta;
- Markaziy bank va tijorat banklari — 8 549 ta.
Shuningdek, murojaatlarning katta qismi aslida vazirlik, idora va mahalliy hokimliklar darajasida hal qilinishi mumkin bo‘lgan masalalar ekani qayd etilgan.
Eng ko‘p murojaat Toshkent shahridan yuborilgan
Hududlar kesimida eng ko‘p murojaat Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan — 40 ming 976 ta.
Keyingi o‘rinlarda:
- Qashqadaryo viloyati — 32 386 ta;
- Surxondaryo viloyati — 29 412 ta;
- Toshkent viloyati — 27 759 ta;
- Samarqand viloyati — 25 868 ta murojaat bilan qayd etilgan.
Bundan tashqari, xorijda yashayotgan yurtdoshlardan ham 126 ta murojaat kelib tushgan.
Aholi soniga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkich qaysi hududda?
Har 10 ming aholiga nisbatan murojaatlar soni bo‘yicha ham Toshkent shahri yetakchilik qilgan — 129 ta.
Keyingi o‘rinlarda:
- Sirdaryo viloyati — 117 ta;
- Navoiy viloyati — 105 ta;
- Jizzax viloyati — 99 ta;
- Surxondaryo viloyati — 98 ta ko‘rsatkich bilan qayd etilgan.