Qarorga koʻra, Oʻzbekiston Hukumati bilan Qozogʻiston Hukumati oʻrtasida 2006-yil 20-martda imzolangan xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnoma tasdiqlandi.

Bitim 2024-yil 8-avgust kuni Ostona shahrida imzolangan.

Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.