Masalan, bu yilgi meva-sabzavot eksportining 80 foizi 5 ta davlatga – Rossiya, Pokiston, Qozogʻiston, Afgʻoniston va Xitoyga toʻgʻri keladi. Oʻtgan yilga nisbatan Janubiy Koreya, Vengriya, Malayziya, Polsha, Qozogʻistonga kamaygan.
Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsiya, Yaponiya, Hindiston, Qatarga eksport kutilganidek boʻlmayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Elchixonalardagi savdo maslahatchilarining bu boradagi faoliyati sust ekani qayd etildi.
Elchilarga eksportchi korxonalar bilan birga ishlab, ularga bozor topish, koʻrgazmalar tashkil qilish, savdo uyi va ombor tashkil qilish, mahsulotiga sertifikat olish kabi masalalarda koʻmaklashish topshirildi.