Prezidentimiz yana bir tashabbusni ilgari surdi.
«Biz abituriyentlarga 5 ta oliygohni tanlash imkonini berdik. Bu – oliy taʼlimda katta sakrash, desak adolatdan boʻladi. Buni yanada kengaytiramiz, — dedi davlatimiz rahbari.
Endilikda abituriyentlar 5 ta oliygohdan birortasiga kirolmagan boʻlsa, lekin toʻplagan balli boshqa oliygohdagi toʻlmagan yoʻnalishga toʻgʻri kelsa, shu oliygoh rektori ularni kontrakt asosida qabul qilishi mumkin boʻladi.
Bu davlat va xususiy oliygohlar oʻrtasida raqobatning rivojlanishiga xizmat qilishi taʼkidlandi.









