15-may kuni “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida“gi qonun kuchga kirdi – davlatimiz har bir oʻgʻil-qizning begʻubor bolaligi baxtli oʻtmogʻi uchun barcha choralarni ishga solmoqda.
Farzandlarimiz qalbi oftob, mehri daryo, bolajonlarni soʻzsiz tushunadigan gʻamxoʻr insonlar qurshovida oʻsib-ulgʻaysin. Hammamizning umr yoʻlimiz bolalik bekatidan boshlanadi va biz tuygan ilk zavqli, baxtli lahzalar butun hayotimiz davomida aks-sado berib turadi. Bolalarni asrab-avaylang. Soʻzlariga quloq tuting. Ularni oʻrab turgan atrof-olam shodlikka toʻla boʻlsin, — deydi Saida Mirziyoyeva.