Videomurojaatda Qrim federal universiteti tibbiyot akademiyasining o‘zbek talabalari “hozirda Qrim hududi urush tufayli xavfli hududlar sirasiga kirayotgani bois” ularning ham o‘qishini O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirishda amaliy yordam so‘ragan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan, davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kabul kilish jarayonlarini muvofiklashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMda tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ham o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berildi.