Sabinaga davo muolajalari buyurilgan boʻlib, tegishli jarrogʻlik amaliyoti Rossiyada oʻtkazilishi kerak edi. Joriy yilning 3-iyul kuni Sabina Insofaliyeva jarrohlik muolajalarini ijobiy yakunlab, Moskvadan Toshkentga qaytib keldi.

Eslatib oʻtamiz, Prezidentimiz Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markaziga tashrifi chogʻida Sabina bilan suhbatlashgan, oʻshanda u davlatimiz rahbariga yoʻl-patrul xizmati xodimi boʻlish orzusida ekanini aytgandi.