Prezidentimizning bayram tuhfasi sifatida Buxoro viloyati boʻyicha 13544 ta kam daromadli “temir daftar”ga kiritilgan, pandimeya sababli daromadidan ayrilgan, ehtiyojmand oilaning 50 ming nafar aʼzosi uchun ajratilgan 200 ming soʻmdan, jami 10 mlrd. soʻm pul mablagʻlari sektor rahbarlari, korxona-tashkilot xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirokida manzilli ravishda tarqatildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6038-sonli Farmoniga asosan respublika miqyosida 400 ming ehtiyojmand oilalarning 1,7 mln. nafar aʼzosiga 380 mlrd. soʻm pul mablagʻi tarqatilib, bir martalik moddiy yordam koʻrsatilishi belgilandi.

Ajratilgan mablagʻlarning, ehtiyojmand oilalarga, oʻz vaqtida yetib borishi Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan nazoratga olindi.

 

Qurbon hayiti-xalqimizning asrlar davomida sayqallanib kelayotgan insonparvarlik, saxovat, mehr-oqibat va odamiylik fazilatlarining ifodasidir. Hayit arafasida odamlar bir-birining holidan xabar olish, kambagʻal va beva-bechoralarga muruvvat koʻrsatish, kasalmandlarning koʻnglini koʻtarishni odat qilishgan. Ayniqsa, Koronavirus pandemiyasi tufayli ogʻir sharoitga tushib qolgan oilalar, ish oʻrnini yoʻqotgan va daromad manbaidan ayrilgan fuqarolar uchun Prezidentimiz tomonidan koʻrsatilgan yuksak darajadagi bu eʼtibor ayni muddao boʻldi.

 

Kam taʼminlangan ehtiyojmand oila vakillari Prezident sovgʻasini olish jarayonlarida Prezidentimizga oʻz minnatdorchiliklarini bildirib oʻtdilar. “Gʻamxoʻrlik uchun Prezidentga rahmat!" - deydi shofirkonlik kam taʼminlangan oila bekasi Shafoat Xolova u kishi tomonidan yuborilgan bayram sovgʻasini qabul qilib olgach oʻz shukronaligini bidirib.

“Yurtimiz tinch boʻlsin, yurtboshimizni umrlari uzoq boʻlsin” deydi yana bir ehtiyojmand oila aʼzosi Qorakoʻl tumanida yashovchi I guruh nogironi N.Boltayev.

 

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga moddiy yordam ajratilishi bilan bogʻliq muammolar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan koʻrib chiqilishi tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Buxoro viloyati Xalq qabulxonasi nazoratida kelib tushgan murojaatlarning barchasi shu kunning oʻzida sektor rahbarlari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kӯrib chiqilib, moddiy yordam va zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish orqali ijobiy hal etilishi taʼminlandi. Fuqarolar murojaatlarini tezkorlik bilan kӯrib chiqilib, ijobiy hal qilib berilganligi sababli Prezidtimizga ӯz minnatdorchiliklarini bildirib tashakkurnomalar yozib berdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

Buxoro viloyatidagi Xalq qabulxonasi