Mamlakatimiz rahbari muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkilotining 72-sessiyasida butun dunyoda informatsion texnalogiyalar rivojlangan, globallashuv jadal taraqqiy etayotgan, ma'naviy tahdidlar kuchaygan, tahlikali davrda har bir davlatning ertangi kelajagi hisoblangan yoshlarning manfaatlarini huquqiy jihatdan ta'minlash maqsadida Xalqaro "Yoshlar Huquqlari To'g'risida"gi konvensiyani ishlab chiqish va uni qabul qilish bo'yicha takliflari jahon hamjamiyati tomonidan yoshlar huquqlarini ta'minlashda zaruriy huquqiy asos sifatida qaralib, konvensiyani ishlab chiqishga kirishildi.

Bunday muhim tashabbus natijasida dunyo yoshlari manfaatlari poydevorining huquqiy asosi  yaratilmoqda. Xalqaro miqyosda yoshlar siyosatidagi dolzarb tashabbuslarning mantiqiy davomi sifatida kuni kecha boʻlib oʻtgan nufuzli "Turkiy Tilli Davlatlar Hamkorlik Kengashi" samitida yoshlar masalasiga shunday toʻxtalib oʻtdilar:  "Bugun yosh avlodning xalqlarimiz hayoti va taqdiridagi, oʻzaro munosabatlarimiz rivojidagi oʻrni tobora ortib bormoqda. Ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kreativ gʻoya va loyihalarini ragʻbatlantirish, milliy qadriyatlarimizga yot boʻlgan taʼsirlardan asrab-avaylash barchamizning asosiy vazifalarimizdan biridir.

Bu boradagi saʼy-harakatlarimizni birlashtirish maqsadida 2022-yilni Turkiy dunyoda “Yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash yili”, deb eʼlon qilishni taklif etaman. Uning doirasida birgalikda aniq chora-tadbirlardan iborat qoʻshma dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish, mazkur masalani navbatdagi sammitimiz kun tartibining asosiy mavzusi etib belgilash oʻrinli boʻlar edi." deb taʼkidladilar.

Bugungi kunda 7,9 mlrd boʻlgan dunyo aholisining deyarli 23 foizi yaʼni 1,8 milliarddan ortigʻini yoshlar tashkil etayotgan bir davrda Shuningdek: "Turkiy Tilli Davlatlar Kengashga aʼzo mamlakatlar jami aholisining 30foizga yaqini 14-30 yoshdagi fuqarolardan iborat ekanligi davlatimiz rahbari eʼtibor qaratgan masalaning dolzarbligini anglatadi.

Nabijonov Murodjon, 

Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a'zosi.

Namangan viloyat "Kelajak liderlari" klubi oʻquv uslubiy yoʻnalishi koordinatori.