Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Maqsuda Vorisova Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Partiya vakillari, deputatlar, hudud faollari, partiyaga xayrixoh yoshlar ishtirok etgan tadbirda Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisovaning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili Akmal Umaraliyev nomzodning tarjimayi holi bilan tanishtirdi.

Prezidentlikka nomzod saylovchilarni oʻz dasturi bilan tanishtirar ekan, unda asosiy maqsad sifatida mamlakatda ijtimoiy tenglik va xalq demokratiyasi mezonlariga mos keladigan davlat va jamiyat barpo etish, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi, tadbirkorlik, taʼlim, tibbiyot, madaniyat, qonun ustuvorligini taʼminlash, tashqi siyosat masalalariga doir ustuvor yoʻnalishlar qamrab olinganini qayd etdi.

Gulchehra DURDIYEVA,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri