Prezidentlikka nomzodning Jizzax viloyatidagi ishonchli vakili, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Dilfuza Sadriddinova Narzullo Oblomurodovning tarjimayi holi bilan tanishtirdi.

Narzullo Oblomurodov oʻz saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor vazifa va maqsadlarni keng tahlil etib, yangi siyosiy kuch sifatida maydonga chiqqan partiya faoliyatiga toʻxtaldi.

Mamlakatimizda yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni bartaraf etish hamda iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlashda jamiyatning barcha kuchlarini birlashtirishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlardan iborat taklif va gʻoyalarini bildirdi.

Nomzodning saylovoldi dasturida aholi turmush darajasini yanada rivojlantirish, ekologik muhitni yaxshilash, xalqimizning ijtimoiy muammolarini hal etish uchun yangi imkoniyatlardan foydalanish bщyicha tashabbuslar ilgari surilgan.

Shuningdek, kelgusida Ekopartiya energetika sohasini tubdan isloh qilish, ekologik muvozanatni taʼminlashga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va xalqaro hujjatlarni qabul qilish, sogʻliqni saqlash, taʼlim, ilm-fan va madaniy-maʼrifiy sohalarni yanada rivojlantirish, shuningdek tashqi siyosat va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bilan birga kelajakni yashil iqtisodiyot taraqqiy topgan, qayta tiklanuvchi energiya hamda resurs tejamkor texnologiyalar joriy etilgan zamonaviy raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etish borasida ezgu ishlarga bosh boʻlishi saylovchilarga yetkazildi.

Saylovoldi uchrashuvda saylovchilar 24-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan Prezidentlik saylovida yashil taraqqiyot uchun ovoz berishga chorlandi.