Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti qachon boshlanishi maʼlum qilindi

    Saylov 17 Sentabr 2021 1079

    Markaziy saylov kommisiyasi matbuot markazida maʼsullar va OAV vakillari ishtirokida navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

    Majlisni Markaziy saylov komissiyasi rais oʻrinbosari Bahrom Qoʻchqorov olib bordi. Unda bir qator masalalar koʻrib chiqildi.

    Majlisda taʼkidlanishicha, Saylov kodeksining 44-moddasiga muvofiq, saylovoldi tashviqoti nomzodlarni roʻyxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan eʼtiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yoʻl qoʻyilmaydi.

    Tashviqotni saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar koʻrsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablagʻlari toʻlash bilan qoʻshib olib borish taqiqlanadi. Notoʻgʻri axborotni, shuningdek nomzodlarning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan maʼlumotlarni tarqatish mumkin emas.

    Majlisda Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti toʻgʻrisidagi qarori bilan Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 2021-yil 20-sentyabrdan boshlanishi qayd etib oʻtildi.